Sirdaryoda nogiron oʻquvchilarning shaxsiy kutubxonasi tashkil etiladigan boʻldi 

11:37 29 Noyabr 2019 Jamiyat
153 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Sirdaryo viloyatida oʻtkazilgan “Kitob karvoni” aksiyasi doirasida jismoniy imkoniyati cheklanganligi tufayli uyda taʼlim olayotgan oʻquvchilarga shaxsiy kutubxonalari uchun bir necha nomdagi adabiyotlar sovgʻa qilindi. Viloyatdagi 309 ta umumtaʼlim maktablariga esa 47 ta nomdagi 20 ming nusxa kitob berildi.

Mazkur tadbir avvalida Guliston shahrida “Aholining kitobxonlik madaniyatini oshirishning dolzarb masalalari: muammo va takliflar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ham boʻlib oʻtdi.

Unda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofirjon Mirzayev soʻzga chiqib,muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi doirasida barcha soha va tarmoqlarda ulkan oʻzgarishlar amalga oshirilayotganligini taʼkidladi. Xususan,toʻrtinchi tashabbus,yaʼni yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tashkil etilgan tizimli ishlar oʻzining yuqori samarasini bermoqda.

-Viloyatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda,- deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Farhod Boqiyev.-Jumladan, viloyat miqyosida “Eng yosh kitobxon oila”, “Eng yosh kitobxon oʻquvchi” kabi koʻplab koʻrik tanlovlar,kitob bayramlarini uyushtirish orqali yoshlarni kitobga boʻlgan muhabbatini oshirilmoqda.Bundan oldin oʻtkazilgan“Kitob karvoni” aksiyalari doirasida 30 mingga yaqin nusxadagi oʻzbek va jahon adabiyoti asarlari barcha umumtaʼlim maktablari kutubxonasiga tarqatildi.Shuningdek, “Oʻzim oʻqigan maktabimga mening kitob tuhfam” aksiyasi ham tashkil etildi va bu xayrli ish davom ettirilmoqda.

Konferensiyada respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari Muhammadjon Quronov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?