Sirdaryoda mudhish jinoyat sodir etildi

16:42 15 May 2018 Jamiyat
479 0
Foto^ SheJoT.CoM

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 14 may kuni Ichki ishlar boshqarmasiga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 10 may kuni Fidokorlar ko‘chasida yashovchi X.D. uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan otasi P.D.ning boshi va yuziga urib-tepib jarohat yetkazgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, o‘g‘li tomonidan kaltaklangan ota kasalxonaga yotqizilgan. Ammo tezkor ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga u hayotdan ko‘z yumgan. Oqpadar o‘g‘il esa qo‘lga olingan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?