Sirdaryoda kitoblar karvoni tashkil etildi

17:37 23 Yanvar 2019 Jamiyat
386 0

Foto: "Xalq so'zi"

Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Bugun Guliston shahridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi”dan viloyatdagi maktablar va Guliston davlat universitetiga 10 ming donaga yaqin adabiyotlar yuklangan kitoblar karvoni tantanali ravishda kuzatib qoʻyildi.

Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga koʻra mamlakatimizdagi umumtaʼlim va oliy taʼlim muassasalari kutubxonalari 48 nomdagi adabiyotlar hamda targʻibot vositalari bilan boyitiladi.

“Kitoblar karvoni taʼlim muassasalarida katta xursandchilik bilan kutib olindi. Qizigʻi, hali kitoblar tokchaga qoʻyilmasdanoq qoʻlma-qoʻl boʻlib ketdi va oʻzining ilk oʻquvchilarini topdi. Bu albatta, keyingi yillarda yoshlarimiz oʻrtasidagi kitobxonlik sezilarli darajada oshganligidan dalolatdir” deydi Yoshlar Ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi boʻlim mudiri Jahongir Sherboyev.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?