Sirdaryoda xotin-qizlar bayrami dasturxoniga kitob ham qoʻyildi

11:46 06 Mart 2019 Jamiyat
246 0

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Xotin-qizlar kuni munosabati bilan Guliston shahridagi“” Navroʻz” koshonasida yozilgan bayram dasturxoniga turli nozu neʼmatlar qatori tuhfa sifatida kitoblar ham qoʻyildi. Gap shundaki, Sirdaryo viloyati hokimligining tashabbusi va homiyligi bilan sirdaryolik 37 nafar yosh qalamkashning ijod namunalarini oʻzida jamlagan “Dunyolarga tanitamiz Sirdaryoni” nomli kitob taqdimoti ham ayni tadbir dasturidan joy oldi.

- Onani, ayolni yuksak qadrlaydigan mamlakat fuqarosi ekanligimdan juda faxrlanaman,-deydi “Sirdaryo haqiqati” gazetasi boʻlim mudiri, “Shuhrat” medali sohibasi Xolida Pardaboyeva.- Jurnalist sifatida viloyatimizdagi koʻplab xotin – qizlar bilan muloqotda boʻlaman.Har birida shu aziz yurt, shu muqaddas Vatan ravnaqiga hissa qoʻshish ishtiyoqi balandligini, fidoyilikni koʻraman.

Tantanada Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev bir guruh ilgʻorlar va faxriylarga “Muʼtabar ayol” nishonini topshirdi.

Yana bir guruh ayollar esa viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi tomonidan ajratilgan sihatgoh yoʻllanmalari bilan siylandilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?