Sirdaryoda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga bepul ventilyator va konditsionerlar tarqatilmoqda

16:43 11 Iyul 2018 Jamiyat
661 0
Foto: Sirdaryo viloyat hokimligi

Shu kunlarda mamlakatimizda noodatiy issiq harorat kuzatilmoqda. Tabiiyki, tabiatning injiqligi aholiga bir qator qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Qolaversa, Gidrometeorologiya markazi iyul oyida ma’lum muddat respublikamizda havo harorati 40-45 darajaga ko‘tarilishi haqida ogohlantirgan.

Foto: Sirdaryo viloyat hokimligi

Havo haroratining keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Sirdaryo viloyati hokimining farmoyishi qabul qilindi.

Foto: Sirdaryo viloyat hokimligi

Shuningdek, viloyat hokimi G‘. Mirzayev tashabbusi bilan yoshi ulug‘ insonlarning xolidan xabar olish, shifoxonalarda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish hamda jismoniy nuqsoni bor, og‘ir betobligi tufayli yotib qolgan, ijtimoiy ko‘makka muhtojlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari xolidan xabar olinmoqda. Ularga viloyat mahalliy byudjeti va homiylik mablag‘lari hisobiga sovitish moslamalari (ventilyator, konditsioner) olib berilmoqda. Bugungi kunda bunday xayrli ishlar tuman va shaharlarda boshlab yuborildi.

Foto: Sirdaryo viloyat hokimligi

Guliston tumanida istiqomat qiluvchi 115 yoshli Musal momo Hasanova Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni ko‘rib quvonayotganligini, bunday xayrli amallarning boshida turganlarni duo qilayotganini aytib o‘tdi.

Foto: Sirdaryo viloyat hokimligi
Foto: Sirdaryo viloyat hokimligi

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?