Sirdaryoda “Eng ulugʻ, eng aziz” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

20:17 09 Sentyabr 2020 Jamiyat
150 0

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan, «Sen-qudrat manbai, sadoqat maskani, Jonajon Oʻzbekistonim!» gʻoyasini oʻzida mujassam etgan “Eng ulugʻ, eng aziz” koʻrik-tanlovi Sirdaryo viloyati bosqichining taqdirlash marosimi Guliston shahridagi “Yurt bayrogʻi maydoni”da boʻlib oʻtdi.

Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev tanlov ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi viloyat boʻlimlari hamda viloyat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tanlovga 5 ta yoʻnalish boʻyicha 551 ta ijodiy ish taqdim qilindi. Yakunda 18 nafar ijodkor tanlov gʻolibi boʻldi.

Tanlov asnosida viloyatda turli yoʻnalishlarda ijod qilayotgan yosh isteʼdod egalari ham koʻp ekanligini kuzatildi. Xususan, shoir, Guliston Davlat universiteti talabasi Yorqinjon Xayitboyev mazkur tanlovning eng yosh gʻoliblaridan biri boʻldi. Tanlov gʻoliblari qatorida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Sirdaryo viloyati boʻyicha muxbiri Abdujalol Qayumov, “Shirin sadosi” gazetasining muharriri Obloqul Ashurqulov, viloyat televideniyesi muxbiri Rahima Jumaboyeva, haykaltarosh Kamola Ahmedova va boshqalar bor.

Tadbir doirasida tasviriy sanʼat koʻrgazmasi namoyish etildi.

Ahmadali SHERNAZAROV,
“Xalq soʻzi”muxbiri

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?