Sirdaryoda 40 nafar fermerga Prezident sovgʻasi sifatida 40 ta “Damas” beriladi

14:57 02 Oktyabr 2019 Jamiyat
93 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Bugun Sirdaryo viloyati hokimligi binosi oldiga 40 ta “Damas” rusumli avtomobil keltirib qoʻyildi.

Maʼlum qilinishicha, bu avtomashinalar paxta hosildorligini 40 sentner va undan oshirgan fermerlarga Prezident sovgʻasi sifatida beriladi.Shu bilan birga ana shunday natija qayd etilgan fermer xoʻjaliklarining paxta maydoni 40 gektardan kam boʻlmasligi kerak.

Viloyat “Paxta” monitoring markazidan olingan maʼlumotga koʻra, ayni kunlarda Sayxunobod, Oqoltin, Sirdaryo tumanlarida yuqori unumli mashinalar vositasidagi birinchi terimdayoq 35 sentnerdan hosil olingan maydonlar soni tobora koʻpaymoqda.

Avval viloyatning Oqoltin va Sardoba tumanlarida respublikada ilk bor AQSHning “John Deere 7760” rusumli olti qatorli, kuniga 100 tonnagacha paxta terish va hosilni bir yoʻla qadoqlab berish imkoniyatiga ega 15 ta terim mashinasi ishlatilayotgani haqida xabar bergan edik.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?