Sirdaryoda 24 yoshli qizning qotili qo‘lga olindi

10:56 05 Iyun 2018 Jamiyat
753 0

3 iyun kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida qotillik sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, tumanda yashagan M.N. ismli qizning Xovos tumanida bo‘yin qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazilgan, hamda ikkala qo‘llari bog‘langan holda jasadi topilgan.

Olib borilgan qidiruv surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Boyovut tumanida yashovchi “Do‘stlik” MFY rais kotibi G‘.Q. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?