Sirdaryo, Jizzaxga oʻxshagan hududlarda butun dunyoda tuproqli toʻgʻonlar qurib foydalaniladi - vazir oʻrinbosari

12:03 16 May 2020 Jamiyat
541 0

Sardoba suv ombori qurilishida armatura ishlatilganmi, quruq tuproq bilan koʻtarilganmi? Ushbu savolga Suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Vohidjon Ahmadjonov javob berdi.

Uning taʼkidlashicha, tuproq dambasi loyihaviy konstruksiyasidan kelib chiqqan holda tuproqli va toshli boʻlgan.

«Aynan mana shu materiallar (tuproq va tosh - tah.) ishlatilgan. Toʻgʻonning suv chiqaradigan joyi beton hamda armaturadan boʻlgan, aynan suv chiqaradigan joyi.

Bunday suv omborlari juda koʻp. Bunda tuproqning turiga qaraladi. Oʻzbekistonda beton toʻgʻonlar bor, masalan, Andijon suv ombori, u beton toʻgʻoni hisoblanadi. U joy relfi hamda sharoitiga qarab qilinadi. Sirdaryo, Jizzaxga oʻxshagan hududlarda, nafaqat bizda, balki butun dunyoda ham, xuddi shu kabi tuproqli toʻgʻonlar qurib foydalaniladi», deydi Vohidjon Ahmadjonov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?