Sirdaryo viloyatida turistik axborot markazlari ochilmoqda

12:18 16 Avgust 2019 Welcome to uzbekistan
181 0

Prezidentning joriy yil 5-yanvardagi farmoniga muvofiq Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi turistlar tashrif buyuradigan mashhur obyektlar, sayyohlik marshrutlarida va har bir hududnin gmarkaziy qismlarida turistik axborot markazlarini (infokiosklar) tashkil etish ishlari davom etmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Guliston shahri Oʻzbekiston koʻchasi “Madraxim Qosimov” MCHJga qarashli “Bookcafe”da Sirdaryo viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan axborot markazlari tashkil etildi.

Mazkur infokiosklar turistlarga yengillik va qulay sharoitlar yaratish ularga koʻrsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yanada yaxshilash va ushbu loyihalar orqali shaharga tashrif buyuruvchi turistlar oqimini yanada oshirish koʻzda tutilgan.

Shu bilan birga, Guliston shahrining turistik salohiyatini targʻib qiluvchi tarqatma materiallar begʻaraz tarqatilishi yoʻlga qoʻyildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?