Sirdaryo viloyatida I Xalqaro investitsiya forumi oʻz ishini boshladi

12:13 22 Avgust 2019 Jamiyat
134 0

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida I Xalqaro investitsiya forumi oʻz ishini boshladi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Forumda ishbilarmonlik tuzilmalari, mamlakat vazirlik va idoralari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, 150 dan ziyod xorij kompaniyalari, OAV qatnashmoqda.

Yirik anjumanda Sirdaryo viloyati 2019-yil boshidan 100 mln. dollardan ziyod toʻgʻridan-toʻgʻri xorij investitsiyalari jalb etilgani taʼkidlandi. Xususan, “Sirdaryo” EIZ hududida umumiy qiymati 305,2 mln. dollarlik 45 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shundan 49,5 mln. dollari xorij sarmoyasidir.

Tadbir doirasida Sirdaryo viloyatining investitsiyaviy salohiyati taqdimotini oʻtkazish, xorij davlatlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va hududga toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb etish rejalashtirilgan.

Shoʻba yigʻilishlari, B2B shaklidagi muzokaralar va mintaqaning turistik hamda sarmoyaviy imkoniyatlarini namoyish etishga qaratilgan boshqa tadbirlar ham forum dasturidan joy olgan.

Forum yakunida potensial xorijlik sheriklar bilan hamkorlik bitimlarini imzolash kutilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?