Sirdaryo viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayevdan eksklyuziv intervyu

22:39 20 Fevral 2019 Jamiyat
716 0

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”.

Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifidan soʻng “Xalq soʻzi”ga eksklyuziv intervyu berdi.

Davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga koʻklam arafasidagi ishchi tashrifi hududning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga yanada katta yangilanish, yuksalish bahorini olib keldi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Zero, tashrif doirasida Yurtboshimiz bergan topshiriqlar oʻn yillar davomida iqtisodiy imkoniyatlari deyarli agrar soha bilan cheklangan viloyatning yaqin vaqtlarda mamlakatimizning yirik industrial manzillaridan biriga aylanishidan darak bermoqda.

Quyida eksklyuziv intervyudan bir nechta iqtiboslarni eʼtiboringizga havola etamiz.

“Viloyat hokimi sifatida uchinchi yilgi faoliyatimdan kelib chiqib, ayta olamanki, qaysiki rahbar — xoh u korxona, xoh tuman yoki viloyat tashkiloti yetakchisi yoki deputat boʻlsin, xalq ichiga kirib, odamlar bilan yaqin muloqotga kirishib ishlamas ekan, masalalar yechimida muammolarga duch kelaveradi”.

“Albatta, viloyatimizda klaster usulini qoʻllash faqat agrosanoat sohasi bilan cheklanmaydi. Hali chet el investorlari bilan hamkorlikda boshqa sohalarda ham ana shunday ishlab chiqarish tuzilmalari tashkil etishga moʻljallangan loyihalarimiz bor”.

“Viloyatimizda tarixiy yodgorliklar Sardoba obidasi, Eski Xovostepa va boshqa bir necha arxeologik ahamiyatga ega manzillar bilan cheklansa-da, Sirdaryoda ekoturizmni rivojlantirish imkoniyati katta. Ana shu maqsadda bugun daryo boʻyida bir necha turistik loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda. Yana Toshkent viloyatidan Sirdaryoga kirish ostonasida sayyohlar toʻxtab oʻtadigan obyektlar qurilib, Buyuk Amir Temur bobomiz bilan bogʻliq “Loy jangi” kompozitsiyasi yaratilmoqda”.

Qiziqarli suhbatning toʻliq matnini gazetamizning navbatdagi sonlaridan birida, veb-saytimiz orqali esa tez fursatda oʻqishingiz mumkin.

Bizdan uzoqlashmang!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?