Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining rahbar kadrlari Gulistonda qayta tayyorlanadi

11:30 21 Dekabr 2018 Jamiyat
652 0

Foto: “Xalq soʻzi Online”

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Guliston davlat universitetida “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” binosi foydalanishga topshirildi.

“Binoning birinchi qavatida “Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” kafedrasining mashgʻulotlari oʻtkaziladi.“Yoshlar debati” klubining tadbirlari ham shu yerda tashkil etiladi. Shuningdek, markazda fan toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi”, - deydi universitetning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori Faxriddin Niyozov.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Markazga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasining filiali ham joylashtirildi. Unda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining rahbar kadrlari qayta tayyorlanadi va malaka oshiradi. Eʼtiborlisi, tinglovchilarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati ham yaratildi. Yaʼni, akademiyada oʻtilayotgan mashgʻulotlarni filialda turib ham tinglash va kuzatish mumkin.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?