“Sirdaryo haqiqati” gazetasi boʻlim mudiri oʻz xonasida kutubxona tashkil etdi

12:43 26 Sentyabr 2018 Madaniyat
2272 0
Фото: “ХАЛҚ СЎЗИ ONLINE”.

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. “Sirdaryo haqiqati” viloyat gazetasi boʻlim mudiri Muhammad Ali Ahmad (Mamadali Ahmedov)ning xizmat xonasidagi kitob javonlarida 600 tadan ziyod adabiyot bor.

Va uni hech shubhasiz, ishxonadagi moʻʼjaz kutubxona ham deyish mumkin. Zero, mazkur tahririyatda boʻlgan taniqli shoirlardan biri ana shu xonani koʻrib, “Bu joy tahririyat kutubxonasimi?”, deb soʻragani ham bejiz emas. Aslida ham shunday. Xonada saqlanayotgan adabiyotlar tahririyat jamoasining ijodiy ishlarida tez-tez asqatib turadi. Qolaversa, kitoblar mutolaa uchun ham berib turiladi.

Фото: “ХАЛҚ СЎЗИ ONLINE”.

Jurnalist Muhammad Ali Ahmadning kitobsevarligini nafaqat viloyatda, balki mamlakatimizda koʻpchilik yaxshi biladi. Uning bir vaqtlar maktabga 30 ta kitob sovgʻa qilganligi OAVda ham eʼtirof etilgan edi.

Hozir Muhammad Ali Ahmadning uyida 5 ming adabiyot fondiga ega shaxsiy kutubxonasi ham bor.

Фото: “ХАЛҚ СЎЗИ ONLINE”.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?