Sirdaryo avtotrassasida "Kamaz" yonib ketdi

18:24 08 Sentyabr 2020 Jamiyat
627 0

Voqea bugun, soat 15.20 da, “Toshkent - Dushanbe” xalqaro avtomagistralining 83 kilometrida sodir boʻldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

"Yoʻlning bu qismi Sirdaryo viloyatining shu nomdagi tumaniga olib boradi.

"Kamaz" rusumidagi yuk avtomobili bortida olib ketilayotgan hojatxona qogʻozi kutilmaganda yonib ketgan.

Uch daqiqa ichida favqulodda vaziyat hududiga yetib kelgan hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yongʻin-qutqaruv xizmati xodimlari 10 daqiqa ichida yuzaga kelgan yongʻinni bartaraf etdilar.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yukning yarmini saqlab qolishga erishildi.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yongʻin sabablari oʻrganilmoqda" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?