“SINO”AJ nol harid qiymatida sotuvda

09:29 12 Avgust 2019 Jamiyat
126 0

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi barcha yuridik va jismoniy shaxslar, chet el investorlarini Samarqand shahri, Spitamen koʻchasi 270-uyda joylashgan, elektrotexnika va elektrmaishiy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “SINO” aksiyadorlik jamiyatining 88,8% miqdoridagi davlat aksiyasi paketini “nol” harid qiymatida sotish boʻyicha qayta tanlov savdolariga taklif qiladi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Investor korxonaning kreditorlar oldidagi qarzini toʻlashi, ikki yil muddatda 15 million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritish orqali faoliyatni sogʻlomlashtirishi hamda qoʻshimcha 350 ta ish oʻrni yaratishi lozim boʻladi. Tanlov savdosi joriy yilning 21-avgust sanasida boʻlib oʻtadi.

Talabgorlar bildirgan takliflar konvertining bir nusxasi 2019-yil 21-avgust kuni, soat 09:00 da, Samarqand viloyat xokimligining (Koʻk-Saroy maydoni, 1-uy) binosida ochiladi. Davlat aktivi shu kuni sotilmagan taqdirda navbatdagi tanlov savdolari har haftaning chorshanba kunlari, soat 09:00 da viloyat xokimligi binosida hududiy tanlov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni (0366) 237-71-45, (99) 595-55-12 telefon raqamlari yoki samarqand-gkk@exat.uz, samarqand@davaktiv.uz, samdavaktiv.uz veb-saytlari orqali, shuningdek, Samarqand shahar, Mir Said Baraka koʻchasi, 49-uy, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyat xududiy boshkarmasi xususiylashtirish boʻlimidan olishingiz mumkin.

Hurmatli tadbirkorlar! Tanlov savdolarida qatnashish yoki hujjatlarni topshirish jarayonida qonuniy huquqlaringiz buzilayotganini bilsangiz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (0371) 259-21-37 yoki (0371) 259-20-10 ishonch raqamlari orqali xabar berishingiz soʻraladi.

Tanlov savdolariga marhamat!


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?