Yana ozroq sabr qilamiz: Tahlilchilar Oʻzbekistonda pandemiya tugash sanasini maʼlum qildi

20:45 27 Aprel 2020 Jamiyat
1475 0

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

СOVID-19 qachon tugaydi? Singapur texnologiya va dizayn universiteti (STDU) tadqiqotchilari bu haqda oʻz prognozlarini eʼlon qildi. Unda mavjud maʼlumotlar tahlili qilinib, dunyoda qachon koronavirus pandemiyasi yakunlanishi aytilgan.

Undan Oʻzbekiston ham joy olgan. Yaʼni Singapur olimlarining tahlillariga asosan, Oʻzbekistonda koronavirus tarqalishi shu yilning may oyida toʻliq yakunlanadi.

STDU innovatsiyalar laboratoriyasi tomonidan chop etilgan hisobotga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi 2-may kuni 97 foizga, 7-mayda 99 foizga tugaydi. Uning batamom 100 foizga yakunlanishi esa 23-mayga toʻgʻri kelishi prognoz qilingan. 

Taʼkidlanishicha, ushbu veb-sayt tarkibi FAQAT FAQAT taʼlim va tadqiqot maqsadlariga moʻljallangan boʻlib, unda xatolar boʻlishi mumkin. Oʻquvchilar har qanday bashoratlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Belgilangan tugash sanalariga asoslangan haddan tashqari ishonish xavflidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?