Singapurda Oʻzbekistonning MICE-turizm boʻyicha elchisi tayinlandi.

10:22 06 Avgust 2019 Jamiyat
136 0

Oʻzbekiston Respublikasining Singapurdagi elchisi Qahramon Shokirov tomonidan Singapurning yetakchi biznes vakili Fillip Tanga Oʻzbekistonning MICE-turizm elchisi sertifikati topshirildi. Marosim Singapurning eng nufuzli biznes vakillari ishtirokidagi Oʻzbekiston madaniyat kechasi davomida boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekistonning yetakchi dizaynerlari tomonidan namoyish va fotokoʻrgazma, Begim parfyum brendi va Visit Uzbekistan jurnali taqdimoti ham tashkil etildi.

Maʼlumot uchun, singapurlik taniqli moliyachi va jamoatchilik arbobi Fillip Tan bir nechtaa yirik biznes asoschisi, turizm va moliyaviy kompaniyalar raxbari hisoblanadi. Jumladan, u “Citystate Capital Asia” moliyaviy direktori, Pegasus Travel Management va Kinetica asoschisi va boshligʻidir.

Maʼmuriy qarorgohi Singapurda joylshagan Citystate Group Avstraliya, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Indonezii, Filippip orollari, Malayziya, Tailand va Vyetnamda ish olib boruvchi eng katta halqaro kompaniyalardan biri. Mazkur tashkilot asosiy yoʻnalishlardan tashqari sugʻurta, moliyaviy xizmatlar, savdo-sotiq, taʼlim va maishiy hizmat sohalari buyicha ham faoliyat yuritadi. Jumladan, kompaniya biznes-turizm, infratuzilmalar va restoran biznesi jabhasida yirik brendlardan biri sifatida tan olingan.

Fillip Tan tomonidan asos solingan Pegasus Travel Management esa dunyodagi yetakchi ishbilarmonlar uchun salohiyatli davlatlarga biznes-tashriflar uyushtirish, yuqori darajada turlar va konferensiyalar, retrit va VIP-tashriflar uyushtirishga ixtisoslashtirilgan.

“Oʻzbekiston hukumati va Turizmni rivojlantirish koʻmitasi tomonidan menga bildirilgan bunday ishonchdan juda mamnunman, – deydi Fillip Tan. - Soʻngi yillar ichida Singapurdan Oʻzbekistonga tashrif boʻyurgan sayyohlar soni 60 foiz oshgan boʻlsa, men bu hali boshlanishi deya aniq ayta olaman. Singapurning biznes vakillari Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan islohatlarni katta qiziqish bilan kuzatib bormoqdalar va mamalakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik, ayniqsa, savdo-sotiq va investitsiyalar sohasida juda katta salohiyat bilan rivojlanishiga ishonaman!”

F.Tan Oʻzbekistonning Singapurdagi elchixonasi bilan yaqindan hamkorlik qilib, yurtimizga yirik sarmoyador kompaniyalari tashriflarini amalga oshirishni rejalashtirmokda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?