Sifatsiz va nosoz mahsulotlar uchun toʻlangan mablagʻlar isteʼmolchilarga qaytarib olib berildi

11:11 14 Sentyabr 2020 Jamiyat
244 0

Quvasoy shahrida yashovchi R. Tursunov Fargʻona shahridagi «Xurshidbek madad invest» xususiy korxonasidan import kafel mahsulotini 12800000 (oʻn ikki million sakkiz yuz ming) soʻmga sotib olgan. Ammo kafel sifatsiz chiqqanligi sababli tadbirkorga nuqsonli tovarni qaytarib, unga toʻlagan pulini qaytarib ololmagan. Mazkur murojaat Fargʻona viloyat hududiy birlashmasi xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi. Oʻrganish davomida nuqsonli tovar isteʼmolchi ishtirokida toʻligʻicha sotuvchiga qaytarildi. Sotuvchi tovarni qabul qilib olish barobarida isteʼmolchiga 5000000 (besh million) soʻm pulini ham qaytarib, qolgan summani tez kunlarda qaytarishi toʻgʻrisida kafolat xati ham yozib berdi. Shundan soʻng orada oʻtgan bir oy ichida isteʼmolchiga qolgan 7800000 (yetti million sakkiz yuz ming) soʻm puli ham qaytarib berilishiga erishildi.

Uchqoʻrgʻon tumani Dehqonobod MFY Qoʻshkoʻprik koʻchasida yashovchi. T Mamadaliyevaning ham arizasi oʻrganilib chiqildi. Uning murojaatiga asosan, savdo markazidan SAMSUNG GALX A11 telefonini 3297392 soʻmga kreditga boshlangʻich 236000 toʻlab 12 oyga qolgan qismini boʻlib toʻlashga kelishib, joriy yilning 8-mart kuni shartnoma tuzgan, ammo telefon nosozligi sabab telefonni qaytarib shartnomani bekor qilish boʻyicha savdo markazi xodimlariga ikki marta murojaat yetgan. Biroq natija isteʼmolchi kutganidek boʻlmaydi. Federatsiya mutaxassisi isteʼmolchi va savdo markazi oʻrtasidagi muammo bartaraf yetilib shartnoma bekor qilindi va boshlangʻich tulov 236000 soʻm isteʼmolchiga toʻliq qaytarib berildi. Bu haqda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlari himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?