Sifatsiz tovar puli isteʼmolchiga qaytarildi

18:15 21 May 2019 Iqtisodiyot
202 0

I.Moʻminov koʻchasi 28/2- uy,16-xonada yashovchi Shokir NurullayevBuxoro shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish markaziga murojaatetdi.Nega, deysizmi?

Hammasi Shokirning noutbuk xarid qilishidan boshlandi.

U shahardagi “Orzu-Havas servis” xususiy korxonasiga qarashli“Intel” savdo doʻkonidan “Asus” rusumli noutbukni 2 696 400 soʻm naqd pulga xarid qilib oldi.Ammo hayal oʻtmay uning sifatsiz ekanligi maʼlum boʻlib qoldi. Bunday paytda xaridor nima qiladi? Mahsulotni sotgan doʻkonga boradi, albatta. “Noutbukni qaytarib bermoqchiman” deganida sotuvchi “Uni taʼmirlab beraman” deb qoldi. Yap-yangi deb sotib olgan buyumingning qusuri chiqsa – yu, uni sotgan kishi “Taʼmirlab beraman” deb turib olsa, kishiga gʻalati tuyular ekan.Xullas, Shokir Nurullayevning shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish markaziga murojaat qilmoqdan oʻzga iloji qolmadi.

-Murojaatjoyida oʻrganildi va savdo xodimiga uning tutgan yoʻli notoʻgʻri ekanligi qonun doirasida tushuntirildi, - deydi jamiyat masʼul xodimi G. Rahimova. – Mutaxassislarimiz aralashuvi bilan isteʼmolchining toʻlagan naqd 2 96 400 soʻmlik sifatsiz noutbuk puli qaytarib olib berildi.

Maʼlumot tariqasida aytish lozimki, mazkur jamiyatga shu yilning dastlabki choragida fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha 69 ta murojaat kelib tushdi.Ularning hammasi ijobiy hal etildi.Jami 69 million 590 ming soʻmlik yetkazilgan zarar isteʼmolchilarga qaytarildi.

Istam IBROHIMOV,(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?