Sifatsiz ichimlik suvidan zaharlanganlar soni 110 ming nafardan ortib ketdi

15:52 15 Oktyabr 2018 Dunyo
381 0
Foto: Reuters

Iroqning Basra viloyatida sifatsiz ichimlik suvidan zaharlangan odamlar soni 111 ming kishidan oshib ketdi.

Bu haqda TASS mahalliy Al Baghdadia axborot portali maʼlumotiga tayanib xabar bermoqda. Manbaga qaraganda, zaharlanganlar orasida Yevropa Ittifoqining Iroqdagi elchisi Ramon Blekua ham bor.

Avgust oyi boshida Iroqning Bagʻdoddan keyin aholisi eng zich joylashgan shahri boʻlgan Basrada suv taqchilligi va elektr energiyasini yetkazib berishda muammolar yuzaga kelgan edi.

Basrada mazkur holat aholini sarosimaga solmoqda. Xususan, sentyabr oyi boshida aholi oʻrtasida noroziliklar uyushtirilgan edi. Ommaviy tartibsizlikni aylanib ketgan norozilik namoyishlarida kamida 10 kishini oʻldirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?