Sifatsiz eshik-romlar mashmashasi

14:23 21 Oktyabr 2019 Jamiyat
141 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi Xatirchi tuman jamiyatiga Xatirchi tuman,Xoʻjaqulobod MFYda yashovchi fuqaro L.Teshayev murojaat qilgan. Murojaatda keltirilishicha fuqaro yaxshi niyatlarda xonadoni uchun “AKFA” eshik-romlari oʻrnatish maqsadida YATT A.Zayniddinov bilan oʻzaro ogʻzaki shartnoma orqali 13 700 000 soʻmlik “AKFA” eshik-romlarini xonadoniga oʻrnatishga kelishib olishgan.

Ammo YATT xodimlari “AKFA” eshik-romlarini oʻrniga boshqa turdagi “Vesta plast” eshik-romlarini oʻrnatgan. Shuningdek xizmat uta sifatsiz bajarilgan. Bundan norozi boʻlgan fuqaro bir necha bor YATT A.Zayniddinovga murojaat qilsada aniq javob ololmayotganidan norozi boʻlib jamiyatimizga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

Ushbu murojaat jamiyat xodimlari tomonidan YATT A.Zayniddinov ishtirokida oʻrganib chiqildi. Oʻrganish natijasida fuqaroning xonadoniga oʻrnatilgan eshik-romlar boshqa turdagi va sifatsiz oʻrnatilganligi, fuqaroning eʼtirozlari oʻrinli ekanligi aniqlandi. YATT A.Zayniddinov tomonidan fuqaroning xonadoniga oʻrnatilgan boshqa turdagi eshik-romlar oʻrniga haqiqiy “AKFA” eshik-romlari sifatli tarzda oʻrnattirilib berilib isteʼmolchiga yetkazilishi mumkin boʻlgan 13 700 000 soʻmlik moddiy zararni oldi olindi va yana bir isteʼmolchini murojaat ijobiy hal etib berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?