Sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni noqonuniy olib oʻtishga urinish bartaraf etildi

16:15 11 Sentyabr 2019 Jamiyat
98 0

Tovar moddiy boyliklarini yurtimizga bojxona toʻlovlaridan qochib noqonuniy yoʻllar bilan olib kirishga urinish holatlariga bojxonachilar tomonidan oʻz vaqtida chek qoʻyilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Kosonsoy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro A.A.ning nayrangi fosh etildi.

Ushbu shaxs belgilangan meʼyordan ortiq boʻlgan mahsulotlar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlaridan boʻyin tovlab, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 11 million soʻmlik 15 turdagi xoʻjalik mollarini mazkur post orqali noqonuniy olib oʻtmoqchi boʻlganida toʻxtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?