Sifati kafolatlanmagan 100 million soʻmlik atir-upalar noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi

22:04 27 Avgust 2019 Jamiyat
75 0

Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro M.J.ning mazkur tumandagi xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan oʻtkazildi.

Natijada, ushbu shaxs oʻz xonadonida tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 100 million soʻmlik sifati kafolatlanmagan kosmetika vositalari va atirlarni noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?