Shved kompaniyasi Oʻzbekistonda elektron navbatlar tizimini yoʻlga qoʻyishga koʻmak beradi

18:05 27 Mart 2019 Jamiyat
292 0

Illyustrativ foto

Shvetsiyaning QMATIC kompaniyasi Oʻzbekistonga elektron navbat tizimi faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun asbob-uskunalar yetkazib beradi.

Bu haqda Oʻzbekiston Davlat xizmatlari agentligi delegatsiyasining Shvetsiyada QMATIC rahbariyati bilan olib borgan muzokaralari yakunida maʼlum qilindi.

Uchrashuv chogʻida davlat xizmatlari markazlariga elektron navbat tizimi jihozlarini yetkazib berish va oʻrnatishni tezlashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, ularning birinchi turkumi joriy yil 1 mayigacha olib kelinadi. Avvalo, ushbu zamonaviy uskunalarni 14 ta eksperimental va xizmatlardan foydalanuvchilar oqimi eng yuqori boʻlgan markazlarga oʻrnatish rejalashtirilyapti. Bunday obyektlar soni qariyb 30 ta.

Bundan tashqari, fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish, identifikatsiya tizimlarini joriy etish masalalari ham muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, fuqaro elektron navbat raqamini olish chogʻida identifikatsiya protsedurasidan ham oʻtkaziladi. Natijada xizmatdan foydalanuvchi oʻz gali yetib kelib, operator oldiga borganida, fuqarolik pasportini koʻrsatishiga hojat qolmaydi. Barcha shaxsiy maʼlumotlar tizimga avtomatik ravishda kiritiladi. Bu ham fuqaroning, ham markaz xodimining vaqtini tejash nuqtai nazaridan juda qulaydir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?