Shvarsenegger va Jorj Bush olqishlagan oʻzbekistonlik pahlavon haqida eshitganmisiz?

15:29 09 Sentyabr 2020 Dunyo
504 0

Dunyodagi eng kuchli polvonlardan biri, oʻzbekistonlik Faxriddin Axnazarov Gomel (Belarus) shahri sirkida boshlanadigan yangi kuzgi mavsumda eng asosiy chiqishlardan birini amalga oshiradi. Bu haqda “Dunyo” AA maʼlum qildi.

«Gomelskiye vedomosti»ning yozishicha, tomoshabinlar uni har doim katta hurmat bilan tik oyoqda turib kutib oladi. Muallifning taʼkidlashicha, oʻzbek polvonining bir necha koʻrsatkichi allaqachon Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.

Faxriddin Axnazarov oddiy inson kuchi yetmaydigan ishlarni bajarishga qodir: u qoʻli bilan yogʻochga mix qoqa oladi, tishlari bilan 500 kilogramm yukni va bitta barmogʻi bilan 50 kilogrammlik toshni koʻtaradi.

Birlashgan Arab Amirliklaridagi gastrol safarida u yuk bilan toʻldirilgan sakkizta ogʻir yuk mashinasini torta olgan, deb xabar bergan «Gomelskiye vedomosti».

Oʻz vaqtida oʻzbekistonlik pahlavonni amerikalik kino yulduz va Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger, AQSHning 43-prezidenti Jorj Bush va boshqa taniqli shaxslar olqishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?