Shoshilinch tibbiy yordam boʻyicha yagona axborot tizimi ishlab chiqiladi

15:58 19 Sentyabr 2020 Jamiyat
141 0

Shoshilinch tibbiy yordam jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatib borish, qoʻngʻiroqlar va bemorlarga xizmat koʻrsatish sifatini elektron qayd etish joriy etiladi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Oʻzbekistonda shoshilinch tibbiy yordam boʻyicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2020-2021 Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da aytilgan.

Qayd etilishicha, bunda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Unda shoshilinch tibbiy yordam jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatib borish, qoʻngʻiroqlar va bemorlarga xizmat koʻrsatish sifatini elektron qayd etish nazarda tutiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?