Shoʻrobodliklar 30 yillik uzilishdan soʻng markazlashtirilgan chuchuk suvdan bahramand boʻldilar

16:11 05 Sentyabr 2019 Jamiyat
299 0

Oʻttiz yil, deb aytishgagina oson.Bu vaqt ichida tugʻilgan goʻdak oʻsib – ulgʻayib alp yigitga aylanadi.Shu boisdan ham hovlisiga markazlashtirilgan ichimlik suv yetib kelgan shoʻrobodliklarning quvonchini tushunish mumkin.

Shofirkon tumani“Guliston” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi bu qishloqda joylashgan suv olish inshooti oʻttiz yildan ziyod vaqt davomida faoliyat koʻrsatmay keldi.Bunga yer osti suvining qattiqlik darajasi yuqoriligi, uskunalarning eskirgani sabab boʻldi.Qishloq aholisi esa chuchuk suvni chelaklab sotib olish bilan kun koʻrdi.

Mamlakat Prezidentining 2018-yil 3-fevralda qabul qilgan Investitsiya toʻgʻrisidagi qarori bu holga barham berdi. Qarorga muvofiq, “Shoʻrobod” suv olish inshootida 3 milliard 700 million soʻm mablagʻ evaziga qurilish – montaj ishlari bajarildi.2ta suv havzasi, nasos stansiyasi barpo etildi.Xorijdan xarid qilingan suvni chuchuklashtiruvchi zamonaviy uskuna oʻrnatildi.Natijada shu hududda istiqomat qiluvchi 4700 nafar aholi markazlashtirilgan suv taʼminotiga ega boʻldi.

Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?