Shokolad qutisidagi zahri qotil

10:32 28 Mart 2019 Jamiyat
431 0

Foto: DBQ

Bojxona qoʻmitasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan “Toshkent” xalqaro aeroportida narkotik moddalar olib kirilishining oldi olindi. Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar berdi.

Xorij davlatidan Toshkentga uchib kelgan erkak kishi “yashil” yoʻlak orqali oʻtayotganda toʻxtatilib, tekshirilgan.

Tekshirish natijasida uning shaxsiy buyumlari ichidan shokoladli konfetlar qutisi topilgan. Shirinliklar tagiga toʻq jigarrang tusdagi va oʻtkir hidli, rangsiz paketlarga joylashtirilgan 34 ta shubhali narsa yashirilgani maʼlum boʻldi.

Ekspertiza shuni koʻrsatdiki, musodara etilgan ashyoviy dalillar salkam 201 grammlik opiy- kuchli taʼsir qiluvchi giyohvandlik vositasi ekan.

Ayni paytda qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?