“Shoximardon” turizmni rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi

16:31 04 Oktyabr 2019 Jamiyat
305 0

Fargʻona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Fargʻona viloyati hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Shoximardon” turizmni rivojlantirish direksiyasi tashkil etildi.

Direksiyaning asosiy vazifalaridan biri Fargʻona tumani “Shoximardon” va “Yordon” MFYlarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini taʼminlash, ushbu MFYlarning ekoturizm salohiyatini inobatga olgan holda yangi turizm yoʻnalishlarini ishlab chiqishdan iborat.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?