Shohjahon Ergashev yana nokaut evaziga gʻalaba qozondi

09:05 25 Avgust 2019 Sport
94 0

Ayni paytda AQSHning Oklahoma shtati Broken-Arrou shahrida professional boks kechasi davom etmoqda. Bu haqda Olamsport xabar berdi.

Oqshomning anderkad jangida magʻlubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev ringga koʻtarildi. Charm qoʻlqop ustamiz faoliyatidagi 17-jangini meksikalik Abdiyel Ramiresga qarshi oʻtkazdi.

Oʻn raundga moʻljallangan jang toʻrtinchi raundda yakunlandi. Jang davomida katta ustunlikka ega boʻlgan Ergashev raqibini texnik nokautga uchratdi. Referi bu vaziyatda jangni toʻxtatishga majbur boʻldi. Shohjahon 17-gʻalabasini tantana qildi. Bugun u muddatidan oldin qozonilgan 15-gʻalabasiga erishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?