Shohjahon Ergashev yana g‘alaba qozondi

12:49 20 Avgust 2018 Sport
437 0

19 avgust kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Moskvada faoliyatidagi 14-jangini o‘tkazdi.

Ergashev o‘zining WBA International kamarini himoya qilish jangida ugandalik Juma Vasvaga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang muddatidan oldin yakunlandi - to‘rtinchi raund davomida ketma-ket kuchli zarbalarni o‘tkazib yuborgan Vasvaning murabbiylari beshinchi raund arafasida oq sochiq tashlashdi.

Shu tariqa, Shohjahon texnik nokaut evaziga g‘olib bo‘ldi.

Shohjahon Ergashev professional ringda bungacha 12ta jang (ba’zi manbalarda 13ta yoziladi) o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongandi. Bahslarning 11tasida esa u raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan. Bu esa uning 13 jangdagi 12 nokauti bo‘ldi.

Vasva esa bungacha professional boksda 13ta jang o‘tkazib, ularning 10tasida g‘alaba qozongan (4ta nokaut), 2ta jangda mag‘lub bo‘lgan, yana bir marta durang qayd etgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?