Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini 14 dekabr kuni oʻtkazadi

13:52 06 Dekabr 2018 Sport
174 0

Arxiv foto

Professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz, Shohjahon Ergashev 14 dekabr kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Rossiyaning Krasnodar shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida 26 yoshli bokschimiz ugandalik tajribali bokschi Badru Lusambiyaga qarshi ringga kutariladi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Shohjahon Ergashev hozirga qadar prof boksda 14 jang oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozongan. U 13 jangida raqiblarini nokautga uchratgan.

36 yoshli Badru Lusambiyaning hisobida esa 32 jang bor. U 26 ta jangda gʻalabaga erishgan, toʻrt marta esa durang natija qayd etgan. Ikki bahsda esa magʻlubiyatga uchragan. Badru 24 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?