Shohidon adirliklarida tuyaqush parvarishlashga kirishildi

14:16 15 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
1505 0
Foto: Afrika tuyaqushi

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Qudratilla Najmiddinov/Namangan. Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Shohidon adirliklarida Afrika tuyaqushlarini parvarishlash yoʻlga qoʻyildi.

Tadbirkor Komiljon Nosirov saʼy-harakati bilan faoliyati yoʻlga qoʻyilgan “Komiljon tuyaqushlari” fermer xoʻjaligi uchun tuman hokimligi tomonidan 5 gektar yer ajratib berildi. Ayni paytda bu yerda xorijdan keltirilgan 10 bosh tuyaqush boqilyapti.

“Viloyatimiz uchun yangi boʻlgan soha foydalilik darajasi yuqoriligi bilan eʼtiborni tortadi. Jumladan, bitta tuyaqush 160 kilogrammga yetkazib goʻsht qiladi. Tuxumi esa uch kilogrammgacha tosh bosadi. Har ikki mahsuloti parhezbop boʻlib, turli xastaliklarga shifo. Terisidan ayollar sumkasi tayyorlashda foydalanilsa, patlaripaltoyoqasini bezaydi”, - deydi K. Nosirov.

Fermer faoliyatini yanada kengaytirish harakatida. Xususan, yaqin vaqt ichida Mingbuloq va Chust tumanlarida ham ferma qurib, ularning har biriga oʻntadan tuyaqush joylashtirishga kirishgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?