Shofirkonda 39 tup nasha, 26 gugurt quti marixuana va ogʻu solingan polimer paketlar topildi

10:33 22 Avgust 2019 Jamiyat
87 0

Shofirkon tumani IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2019” tadbirining 2-bosqichi boʻyicha 2019-yil 15-avgust kuni tuman hududida tekshiruvlar oʻtkazildi. Uning davomida, Shofirkon tumani A.Navoiy MFYda yashovchi, 1952-yilda tugʻilgan M.Q. oʻzi istiqomat qilib kelayotgan yashash uyini ekin yer maydonida tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan 39 tup “Kanabbis” (nasha) taqiqlangan oʻsimligini ekib yetishtirib kelayotganligi aniqlangan. Shuningdek, M.Q.ning uyi va yordamchi xoʻjalik xonalarini koʻzdan kechirish vaqtida uyning omborxona qismida elektr choynak (tefal) qutisi ichida kelgusida sotish maqsadini koʻzlagan holda sof vazni 29,68 grammga teng boʻlgan marixuana giyohvandlik vositasini 26 dona gugurt qutisiga alohida qadoqlangan holda, sof vazni 53,35 grammga teng boʻlgan giyohvandlik vositasini omborxona devoridagi polimer paketga solgan holda hamda sof vazni 14,69 grammga teng boʻlgan giyohvandlik vositasini omborxonaning oʻzidagi polimer paketga solgan holda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.Q.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?