Shisha va shisha mahsulotlari olib beraman deb, 68 000 AQSH dollariga tushirib ketdi

09:33 19 Avgust 2019 Jamiyat
78 0

Illyustrativ foto

2019-yil 15-avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIO FMBga hujjatlar toʻplami kelib tushdi.

Unga koʻra, 2018-yil sentyabr oyida Chilonzor tumanining Katta Chilonzor 5-tor koʻchasida yashovchi 25 yoshli A.V. Chilonzor koʻchasida 42 yoshli O.J.ga Xitoy Xalq Respublikasidan shisha va shisha mahsulotlarini olib kelib berishlikni vaʼda qilib, undan 68000 AQSH dollarini olgan va shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmay, pullarni oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?