Shirinda balandligi 35 metrlik yurtimiz bayrogʻi hilpiray boshladi

18:25 01 Iyun 2019 Jamiyat
404 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Nurchilar shahri- Shirinda Oʻzbekiston Respublikasining boʻyi 35, hajmi 12/6 metrlik bayrogʻi oʻrnatildi. Aytish lozimki, u hozircha Sirdaryo viloyatida eng balandi hisoblangani holda, yurtimiz boʻyicha ham ana shunday purviqor va ulkan bayroqlar qatoriga qoʻshildi.

Maʼlumot uchun,Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi Toshkent shahrida eng baland 65 metrga koʻtarilgan boʻlsa, bu boradagi ikkinchi oʻrinni Buxorodagi 60 metrlik yurt bayrogʻi egallab turibdi.

Vatanimiz bayrogʻini oʻrnatishga bagʻishlangan tantanali tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?