Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya avtomobil va temir yoʻllarini birlashtirmoqchi

18:00 26 Dekabr 2018 Dunyo
283 0

Arxiv foto

Bugun Shimoliy Koreyaning Pxanmun temir yoʻl stansiyasida KXDR hamda Janubiy Koreya temir va avtomobil yoʻllarini birlashtirish hamda ularni modernizatsiya qilish ishlari boshlanishi sharafiga tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Bu haqda YTN telekanali xabar berdi. Tadbirda har ikki davlatdan yuqori martabali shaxslar, shuningdek, Xitoy, Moʻgʻiliston va Rossiyadan vakillar ishtirok etdi. Mehmonlar Seuldan Shimoliy Koreyaga maxsus poyezdda olib kelindi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, shu yilning sentyabr oyida Pxenyanda boʻlib oʻtgan sammitda Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya temir yoʻllarni birlashtirish boʻyicha kelishuvga erishgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019