Shimoliy Koreya o‘z hududidagi yadro poligonini buzishni boshladi 

14:19 15 May 2018 Dunyo
288 0
Foto: Комсомольская правда

Shimoliy Koreyada mamlakat shimoli-sharqidagi yirik Pxungeri yadro poligonini buzish ishlari boshlandi. Bu haqda AQSHdagi Jon Xopkins nomidagi universitetining bir guruh tadqiqotchilari ma’lum qildi.

“7 may kuni tijoriy sun’iy yo‘ldoshlardan olingan tavsvirlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sinov poligonini buzish ishlari boshlangan. Xususan, shimoliy, g‘arbiy va janubiy kirish yo‘llaridagi bir nechta tezkor ta’minot inshootlari olib tashlangan”, — deb yozadi ekspertlar hisobotiga asoslanib “38 North”.

Tasvirlarda tuproq olib keladigan vagonlar uchun mavjud tunnel relslari buzilganini ham ko‘rish mumkin. Biroq yirik va katta ahamiyatga ega binolarga hozircha tegilmayapti. 

Shimoliy Koreya rahbariyati ob-havo sharoitidan kelib chiqib Pxungerining rasman yopilish marosimi 23 — 25 may kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tishini bildirgan. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?