SHHTning Bishkek sammiti ishtirokchilari uchun konsert boʻlib oʻtdi

09:23 14 Iyun 2019 Siyosat
525 0

Qirgʻiziston milliy filarmoniyasida, anʼanaga muvofiq, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchilari uchun konsert namoyish etildi.

Tadbirda SHHTga aʼzo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar rahbarlari ishtirok etdi.

Madaniyat va sanʼat xalqlarni yaqinlashtiradigan, oʻzaro anglashuv va doʻstlik rishtalarini mustahkamlaydigan muhim vositadir. Bu Shanxay hamkorlik tashkilotining maqsadlariga hamohang.

Mehmonlar eʼtiboriga mintaqa xalqlari sanʼatining eng sara namunalari havola etildi. Jumladan, oʻzbekcha kuy-qoʻshiqlar olqishlar bilan kutib olindi.



Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?