SHHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

17:44 19 Aprel 2018 Siyosat
813 0

Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin kecha Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 24 aprel kuni Pekin shahrida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. 

Bu haqda “RIA Novosti” axborot manbasi Xitoy xalqaro radiosi ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.

Xua Chuninning aytishicha, bu ShHTga a’zo davlatlar tarkibi o‘tgan yilda kengaygandan keyingi ilk yig‘ilishidir. Bundan ko‘zlangan maqsad Sindaoda mazkur tashkilotning navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ishlarini olib borishdir.

Uchrashuvda mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston TIV rahbarlari, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va ShHT MATT Ijroqo‘mi direktori Yevgeniy Sisoyev ishtirok etadi.

Xua Chunin ishtirokchilar ShHT doirasidagi turli sohalarga oid hamkorlikka tegishli muhim xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashinishi, qator hujjatlarga imzo chekilishi, yig‘ilish yakuni bo‘yicha kommyunike chiqarilishini ham qayd etib o‘tdi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?