SHHTga a’zo davlatlar huquq-tartibot idoralari messenjerlardan terrorchilik maqsadlarida foydalanishga qarshi kurashadi

18:16 08 Iyun 2018 Dunyo
356 0
Foto: tecnowebstudio.com

Kecha Rossiya bosh prokuraturasida SHHT davlatlari huquqni muhofaza qilish organlari vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar terrorchilarning internet texnologiyalari va messenjerlardan foydalanishiga qarshi kurashish bo‘yicha tajriba almashdilar. Bu haqida ushbu idora matbuot xizmati xabar berdi.

“Tadbir davomida terrorchilik maqsadlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga qarshi kurashish sohasida tajriba almashildi. Asosiy e’tibor radikallashuv va zo‘ravonlik ekstremizmi bilan kurash masalasiga qaratildi”, deyiladi xabarda.

Muhokamalarda sohadagi ilg‘or amaliyotlar ham ko‘rib chiqilib, bu borada o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Eron, Hindiston bosh prokurorlari o‘rinbosarlari, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va JAR huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?