O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvaga tashrif buyurdi

13:39 13 Iyul 2018 Jamiyat
209 0
Fotо: Sputnik

2018 yilning 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvaxitov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida SHHTning xalqaro faoliyat masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Moskva shahrida Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston TIV vakillari tomonidan xalqaro munosabatlar rivojlanishining hozirgi sharoitlarida SHHT oldida turgan asosiy vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, SHHTga a’zo davlatlarning dolzarb mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha kelishilgan mavqelarini amaliy tatbiq etish, boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar, avvalo BMT, ASEAN, MDH, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?