SHHT Ishbilarmonlar kengashi majlisida nimalar muhokama qilindi?

15:51 07 Iyun 2018 Dunyo
284 0
Foto: Mir24.tv

Xitoyning Sindao shahrida 8-9 iyun kunlari ilk bor Yevroosiyo sakkizligi formatida(uning yangi to‘laqonli a’zolari Hindiston va Pokistonni hisobga olganda) bo‘lib o‘tadigan SHHT sammiti mazkur tuzilma va butun mintaqaning istiqboldagi taraqqiyoti yo‘nalishlarini aniqlab beradi.

Bu haqda SHHT bosh kotibi Rashid Alimov tashkilot Ishbilarmonlar kengashi majlisida aytib o‘tdi.

“Biz tarixiy voqea — ilk bor Yevroosiyo sakkizligi formatida bo‘lib o‘tadigan Sindaodagi SHHT sammiti bo‘sag‘asida turibmiz. Davlatlar rahbarlari tashkilotning kelgusidagi, jumladan, SHHT miqyosini hisobga olgan holda, iqtisodiy sohadagi taraqqiyotining yangi yo‘nalishini aniqlashadi, umummintaqaviy rivojlanish istiqbollarini belgilab oladilar”, - dedi u.

Rashid Alimovning aytishicha, iqtisodiy hamkorlik masalalari davlat rahbarlari uchrashuvi kun tartibidan keng joy olgan. Sammit maydonida SHHT doirasida a’zo davlatlar vazirliklari o‘rtasida kichik va o‘rta tadbirkorlik sohasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirilmoqda. Mazkur hujjat tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyatiga javob beradi. Ayni chog‘da davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.

“Ushbu hujjatlar tashkilot makonida ishbilarmonlik aloqalariga qo‘shimcha turtki berishga qaratilgan, ular savdo sohasini yanada muvofiqlashtirish va savdo biznesiga ko‘maklashishda yaxshi asosga aylanadi”, deya qayd etdi u.

Ma’lumot uchun, SHHT Ishbilarmonlar kengashi majlisi sammit arafasida o‘tkazildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?