Sindaoda bo‘lib o‘tadigan SHHTning navbatdagi sammitida nechta hujjat imzolanadi?

16:30 29 May 2018 Siyosat
751 0
Foto: Hasan Paydoyev/"Xalq so'zi"

Poytaxtimizda Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan shu yilning 9-10 iyun kunlari Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti taqdimotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“Xalq so‘zi” muxbiri Omonulla Fayziyevning xabar berishicha, tadbirda so‘zga chiqqan Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan chin o‘lkasining Sindao shahri bu yil SHHT Davlat rahbarlari kengashining XVIII majlisiga mezbonlik qilishi haqida aytib o‘tdi.

Diplomat ta’kidlaganidek, uchrashuvda SHHTga a’zo davlatlarning yuqori darajadagi vakillari tuzilma doirasida hamkorlikning turli jihatlari bo‘yicha muhim masalalarni muhokama qiladilar. Davlat rahbarlari xalqaro tuzilmani yanada rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari, XXI asrning yangi voqeliklarida ko‘p qirrali hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqadilar. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning asosiy masalalar ham majlis kun tartibidan o‘rin olgan. Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari o‘rtasidagi ikki tomonlama muzokaralar tor va keng doirada o‘tkazilishi kutilmoqda.

Tadbir Sindao deklaratsiyasining qabul qilinishi va turli sohalarda o‘zaro hamkorlikni tartibga soluvchi 20 ga yaqin muhim hujjat bilan yakunlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?