Sherzod Shermatov: “Maktab ta’limi tizimidagi muammolar yuzasidan 3 kunda 3 mingdan ortiq taklif kelib tushdi”

10:12 25 Iyun 2018 Jamiyat
852 3
Foto: XPK

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktab ta’limi sohasidagi mavjud muammolarning yechimlari bo‘yicha taklif so‘rab, Facebook‘dagi sahifasida xalqqa murojaat bilan chiqqani haqida xabar bergandik.

Kecha, vazir shu kungacha yuborilgan takliflar soniga aniqlik kiritgan.

“Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimi mamlakatimiz kelajagi uchun eng muhim sohalardan ekanligi haqida alohida ta’kidlab o‘tilgan edi. Bu haqiqatda xalqimiz uchun juda dolzarb soha ekanligini birgina mavjud muammolarni yechimi bo‘yicha odamlardan yig‘ilgan onlayn-forma orqali yuborilgan takliflar sonidan ham bilsa bo‘lar ekan: 3 kunda 3 mingdan ortiq taklif kelib tushibdi, hali ham davom etyapti.

Endi ushbu takliflarni tahlil qilib, ularni tizimli ravishda yechimini topish bo‘yicha ishlashimiz kerak. Hozirgi kunda Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasini qayta tasdiqlash bo‘yicha Prezident qarori loyihasini ishlab chiqyapmiz va imkoni boricha ushbu loyihada yechimi tez bo‘lishi mumkin masalalarni kiritishga harakat qilamiz. Yangi tuzilma tasdiqlanib, Vazirlikda samarali ishlaydigan komandani shakllantirib olganimizdan keyin esa tizimli ravishda muammolar yechimi bo‘yicha ishlanadi”, deb yozgan Sherzod Shermatov o‘zining Facebook‘dagi rasmiy sahifasida.


Izohlar


Nodir Temirov

Assalomu-alaykum hurmatli Sherzod Shermatov meni o'qituvchi sifatida taklifim shuki maktablarda o'tkaziladigan fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvini o'tkazishda juda kuchli nazorat o'rnatish kerak. Sinovlarni o'tkazish jaroyanida iloji bo'lsa onlayin tarzda o'tkazish kerak, shunda haqiqat va adolat kamol topadi va bilimli o'quvchilarni saralab olishga imkon bo'ladi.

17:2526.06.2018