Sherzod Qudratxoʻjayev, Adham Ibodullayev va boshqalar Markaziy saylov komissiyasining yangi aʼzolari etib saylandi.

16:40 24 Avgust 2019 Jamiyat
189 0

Oliy Majlis Senati shanba kuni 21-yalpi majlisda Oʻzbekiston Saylov komissiyasining yangi aʼzolarini sayladi, deya xabar qildi Gazeta.uz.

Quyidagilar MSKning yangi aʼzolari boʻldi:

“Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi Muhayyo Abdugabbarovna Joʻrayeva;

Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorat departamenti boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Adham Ibodullayevich Ibodullayev;

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilm-fan va innovatsiya boʻyicha prorektori Gulnoza Saydigʻanixoʻjayevna Ismoilova;

Namangan davlat universitetining yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori Alisher Ahmadjonovich Isoqboyev;

Buxoro viloyat tibbiy diagnostika markazi direktori Iroda Misirovna Kenjayeva;

Fargʻona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengash apparati yuridik boʻlimi mudiri Orzigul Muydinovna Qozixonova;

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Tojitdinovich Qudratxoʻjayev;

Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining oʻquv-metodik va ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari Xudoyor Teshayevich Mamatov;

Andijon viloyat hokimiyatining tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutaxassisi Bahodirjon Jaloldinovich Yunusov.

Senat, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari A. K. Mirzayev, A. T. Toʻraxoʻjayev, Yo. T. Fattoyev va T. Shirinovning vakolatlarini ularning arizalariga binoan bekor qildi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning dekabrida Oʻzbekiston parlamenti va mahalliy vakillik organlariga saylovlar boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?