Sherobodda qovun pishdi

21:40 21 May 2020 Iqtisodiyot
591 0

Sherobod tumanidagi “Sherobod Agro Impeks” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bu yil 25 gektar yer maydonida qovunning Gollandiyadan olib kelingan mazain va dakara navi ekilib, parvarishlandi. Yuqori agrotexnik tadbirlar natijasida ayni paytda tilimi tilyorar va xaridorgir qovunlar pishib yetildi. Natijasida ertapishar qovunlar xalqimiz dasturxoniga taqdim etilmoqda. Shu bilan birga yetishtirilgan bu tur mahsulotning bir qismi eksportga yoʻnaltiriladi.
 

Bugun Surxondaryo viloyati hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari X.Samadov hamda Sherobod tumani hokimi Alisher Amirov qovun yetishtirilgan paykallarda boʻlib, dehqonchilikda oʻzlashtirilayotgan istiqbolli loyiha samaralari bilan tanishishdi. Aytish joizki, kyelgusida tumanda ertapishar quvun yetishtiradigan maydonlarni kengaytirish, nafaqat ichki bozor, balki eksport hajmini oshirish ham koʻzda tutilgan.

Ilhom Rahmatov,
(“Xalq soʻzi“)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?