Imomali Rahmon Sherali Joʻrayevga Tojikiston xalq artisti unvonini berdi

11:16 30 Avgust 2018 Siyosat
626 0

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Oʻzbekistonning bir guruh davlat arboblari, ilm-fan, taʼlim va sanʼat vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi.

Bugun Dushanbe shahrida taqdirlash marosimi tashkil etilib, unga Oʻzbekistonning taqdirlangan barcha fuqarolari taklif etilishdi va ular shaxsan prezidentning oʻzidan mukofotni qabul qilib olishdi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, marosimda Sherali Joʻrayevga madaniy aloqalarni mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlari uchun Tojikiston xalq artisti unvoni berildi. Shuningdek, “Ustoz-shogird maktabi” oʻzbek milliy maqom sanʼati boʻlimi xodimi Mavluda Xalilovaga ham shunday yuksak unvon topshirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?