Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan, 156 nafar oʻzbekistonlik Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi

11:42 30 May 2019 Siyosat
652 0

Davlatimiz tomonidan muborak Ramazon oyida yana bir xayrli, ulkan ahamiyatga ega “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan, 156 nafar vatandoshimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi. Ular 30-may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.

Aldov oqibatida oʻzga yurtga borib qolib, ogʻir hayotiy davrni boshidan oʻtkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatiladi. Ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga moslashishlari, taʼlim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratiladi, boshpana va ish bilan taʼminlash choralari koʻriladi.



Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?